Hurmatli iste’molchilar!

Nura Lights mahsulotlariga kafolat shartlari

🔹 Kafolat muddati:

  • Barcha turdagi Nura Lights lampalari uchun – 2 yil

  • Barcha turdagi Nura Lights panellari uchun – 18 oy

 

Kafolat muddati mahsulot sotib olingan kundan boshlab hisoblanadi.

Kafolat amal qilishi uchun shartlar:

 Mahsulotning asl qadoqda (qutisida) seriya raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.

  1. Asl qadoqda sotilgan sana qayd etilgan bo‘lishi kerak.

  2. Asl qadoqda mahsulot sotib olingan do‘kon nomi va/yoki manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

  3. Kafolat muddati tugamagan, nosoz mahsulot asl qutisi bilan taqdim etilishi kerak.

❗️ Nosoz mahsulot yangisiga almashtirilganda, kafolat muddati qayta hisoblanmaydi. Yangi mahsulotning kafolat muddati eski mahsulotning muddati bilan bir xil qoladi.

 

❗️ Yuqoridagi shartlardan birortasiga rioya qilinmagan taqdirda kafolat kuchini yo‘qotadi.